Islom uz kanallari

Assalomu alaykum! Islom.uz saytining kanallarini telefonda Hilol EBook, Tafsiri Hilol, Islom.uz portali dasturlarini, telegramdagi “Zikr ahlidan so‘rang” kanalini olib, faqat shaxsiy maqsadlarda, ya’ni sof Islom aqidasini o‘rganishlik va xolis Allohga ibodat qilish uchun yuklab olib foydalanib yursak. Ko‘chalarda biror bir ichki ishlar xodimlari ko‘rib qolsa ularga nima deb javob bersak bo‘ladi? Albatta biz yosh bo‘lganimiz uchun bizni qattiqroq so‘roq qilishadi, chunki adashayotganlar faqat yoshlardan iborat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! “Hilol nashr nashriyoti”ning barcha kitoblari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasidan o‘tgan. Siz zikr qilgan saytlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga harakat bo‘lmoqda. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 13:10 | Savol-javoblar | 175 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar