Bu nur qanday nur?

Assalomu alaykum!  “Inson ko‘ziga nur kurinsa”. Iltimos NUR  haqida qisqacha aytsangizlar. Imom Navaviyning yoshlari ettiga etgan vaqtda, ramazon oyining yigirma etttinchi kechasi otasining yonida orom olayotgan payt, kechaning yarimida uyg‘onib ketadi. Bu haqda otasi shunda deydi: “O‘g‘lim meni uyg‘otdi va “Ey, Otajon! Hovlimizni ziyoga to‘ldirgan bu nur qanday nur”, deb so‘radi. Bu vaqt oilamizdagilarning barchasi uyg‘ongan edi. Lekin bizlar hech qanday nur topa olmadik. Shunda men bu kecha qadr kechasi ekanligini bildim”.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: خُلِقَتِ الْمَلَائِكَةُ مِنْ نُورٍ، وَخُلِقَ الْجَانُّ مِنْ مَارِجٍ مِنْ نَارٍ، وَخُلِقَ آدَمُ مِمَّا وُصِفَ لَكُمْ فِي قَوْلِهِ تَعَالَى ﴿وَلَقَدْ خَلَقْنَا الْإِنسَانَ مِن سُلَالَةٍ مِّن طِينٍ ﴾. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالْإِمَامُ أَحْمَدُOisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Farishtalar nurdan yaratilgandir. Jinlar olovning tutundan ajrab chiqqanidan yaratilgandir. Odam esa sizlarga Alloh taoloning «‎Qasamki, batahqiq, insonni loy sulolasidan yaratdik‎» degan vasfidagi narsadan yaratilgandir», dedilar» («Mo‘’minun» surasi, 12-oyat). Muslim va imom Ahmad rivoyat qilganlar.(“Hadis va Hayot” kitobidan). Alloh taolo “Qadr” surasida : تَنَزَّلُ الْمَلَائِكَةُ وَالرُّوحُ فِيهَا بِإِذْنِ رَبِّهِم مِّن كُلِّ أَمْرٍ۝ 4. U(Qadr kechasi)nda farishtalar va Ruh Robblarining izni bilan barcha ishlar uchun tushadir - deb marhamat qilgan. Farishtalar latif, nurli jism bo‘lganlari uchun imom Navaviy ular tushgan paytdagi ulardan taralgan nurni ko‘rgan bo‘lishlari mumkin. Hozirgi kunda jinlar bilan muloqotda bo‘ladiganlarning juda ko‘pchiligi jinlarni ko‘rayotganini, yonidagilar esa uni ko‘rmayotganini aytishmoqda. Holbuki jinlar tutundan yaralgan jism bo‘lib, insonlar ko‘ra olmaydilar. Albatta jinni ko‘rish Allohga muqarrablik hisoblanmaydi.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:00 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar