Elektron tijorat vositachilik xizmati

Assalomu alaykum! Men internet tarmog‘i orqali savdo qiluvchi firmam bor, faoliyati ishlab chiqaruvchi korxonalarni tovarlarini realizatsiyasi uchun xaridorlar topib beradi, ya’ni ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) va xaridor o‘rtasida axborot vositachilik xizmatini ko‘rsatadi. Xozirda vebsayt sozlash ishlari ketayotganligi sabab, faliyatini to‘liq boshlagani yo‘q. Savolim ko‘rsatilgan vositachilik xizmati uchun qanday tarzda xisoblansa xalol bo‘ladi? Ma’lumot o‘rnida sotuvchi tovarlarini veb sayt saxifasiga joylashtiradi, xaridor esa tovarni veb sayt orqali elektron tulov tizimi orqali sotib oladi, to‘lov puli vositachining bank xisobraqamiga tushadi. Vositachi mablag‘ni sotib olingan tovar xaridor qabul qilib olganligini tasdiqlagandan so‘ng, sotuvchinig bank xisobraqamiga o‘tkaziladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz ochiq-oydin tovar qo‘lingizda emasligini aytib, falon joylarda men vositachiman deb vositachilik qilganizga haq olishingiz  mumkin. Yolg‘on aralashtirmang. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 13:31 | Savol-javoblar | 187 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar