Namozni moshinada o‘qish

Assalomu alaykum! Ustozlar, hozir yog‘ingarchilik, ba’zida safarga chiqsak yomg‘ir yoki qandaydir boshqa holatda mashinadan tushgan holatda namozni ado eta olmaymiz. Shunaqa holatda nima qilaylik? Moshina to‘xtab turgan holatida ichida namozni o‘qib olsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shu holatda ham mashinaning ichida o‘tirib namoz o‘qishingiz joiz emas. Chunki bunda namozni ikki farzi bo‘lgan, qibla va qiyom topilmaydi. Alloh taolo peshonamizni sajdaga qo‘yishimizni nasib qilganiga shukur qilishimiz kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:59 | Savol-javoblar | 170 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar