Kasallikda avratga malham surtish

Assalomu alaykum! Men bavosil (gemaroy) kasalligi bilan kasalanganman va muntazam orqa avratim atroflariga malham surtaman va har namoz payti kelganda malhamni yuvib tahorat olib keyin namoz o‘qiyman. Savolim malhamni yuvmasdan tahorat olib namoz o‘qisam bo‘ladimi? Bu namozimga zarar qilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yuvmasdan tahorat olavering. Har safar avratni yuvish shart degan gap yo‘q. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 14:04 | Savol-javoblar | 176 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar