Hayit juma kuniga to‘g‘ri kelsa uch taloq echiladimi

Assalomu alaykum! Saytda sizlarning jahl ustida taloq aytib keyin hovurdan tushgach yana yashamoqchi bo‘lganlarga bergan javoblaringizni o‘qib chiqdik. Bir tanishimning oilasida ham shu narsa ro‘y bergan edi. Shu payt er 3 taloq tushgandan keyin xalolaga ruxsat bermagan. Yaqin atrofdagi ilm axliga yuzlanishgan. Ular shunday deyishibd: Qachonki xayt kuni juma kuniga to‘g‘ri kelsa qayta nikoxlanish joiz deb. Keyin ular qayta nikoxlanganlar. Shu voqeadan keyin 2 ta farzand ko‘rishgan. Xozirda yoshlari katta bo‘lib bu ish noto‘g‘ri deb o‘ylashmoqda. Shu to‘g‘rimi? 2. Bu voqeadan keyin birinchi farzandlari avto xalokatga uchrab olamdan o‘ti qolgan. Va hozirda 4 chi farzandlari og‘ir bemor buning xammasi shu xatoni deb o‘ylashlari tog‘rimi ya’ni ular qilgan xatoga Alloh farzan dog‘i bilan jazolashi mumkinmi? 3. Bemor ahvoli yaxshi emas nima qilishsa gunoxlaridan foriq bo‘lishadi? va farzandlari uchun xar narsaga tayyorlar va xozir ham birga yashab kelishmoqda. Iltimos sizlardan bir yordam va yo‘l ko‘rsatsalarin vijdon azobi ularni qattiq qiynamoqda. Oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Fatvo berganlar nimaga yoki qaeriga qarab aytganlarini tushunmadik. Chunki uch taloqni tushish yoki tushmasligiga hayitni ham jumani ham hech qanday aloqasi yo‘q. Fatvo berganlar o‘ta og‘ir gunoh qilishibdi. Ular Alloh harom qilgan narsani halol deb hukm chiqarishibdi. 2). Tezda er xotinliklarini to‘xtatish kerak. Fatvoni fatvo ahlidan so‘rash kerak. O‘ziga domla nomini va choponini kiyib olganlardan emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:55 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar