Namozlarimga oid savollarim

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bizdan qimmatli vaqtingizni ayamay savollarimizga javob berayotganingiz uchun minnatdormiz. Allohim gunohlarimizni avf etsin. Men namoz o‘qishni endi boshladim, sizga shu bo‘yicha savol yo‘llayabman.
1). Namozni oxirida salomdan so‘ng Allohga iltijo qilib duo qilganda o‘zbek tilida duo qilsa bo‘ladimi?
2). Ko‘pincha uydagi tashvishlardan charchaganda Allohdan sabr tilab yoki bo‘lmasa g‘azabimni bosish uchun yoki bo‘lmasa biror ishim baroridan kelishishi uchun 2 rakat namoz o‘qib olsa bo‘ladimi? Namoz vaqti bo‘lmasada agar o‘qib bo‘lsa niyati qanday bo‘ladi? Iltimos noo‘rin bo‘lsada shu savolimga javob olmoqchiman. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bo‘ladi. 2). Shunday qilish ham kerak. Namoz o‘qish mumkin bo‘lmagan vaqtlarda boshqa hamma vaqt o‘qiyvering. Siz uchun afzali zimmangizda qazo namozlaringiz bo‘lsa, avval qazolaringizni ado qiling. Qachon qazolaringizni hammasini o‘qib tugatganingizdan keyin nafl namozini o‘qimoqchi bo‘lsangiz, “nafl namozini o‘qishga niyat qildim” deb niyat qilinadi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 04:57 | Savol-javoblar | 182 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar