Tovon yorilganda tahorat

Assalomu alaykum! Tovon chuqur yorilib(ichi ko‘rinadigon darajada) maxsus tovonning o‘zinigina yopip turadigan paypoqqa o‘xshash narsa kiyilsa, taxoratda oyog‘ini yuvmaydimi(uni echib yuvsa tuzalmayapti, 3-4 kun echmaslik kerak ekan) menga yuvmasdan oyoqning ustiga bir mato qo‘yib mash tortib, matoni olib tashlasa ham bo‘laveradi dedilar. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yuvsa zarar qilmaydigan joyni yuvib, zarar qiladigan joyga mash tortib ketilaveriladi. Mash tortish ham zarar qilsa o‘shanday latta qo‘yib ustiga mash tortishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:57 | Savol-javoblar | 132 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar