Sigir soqqanda tushgan narsa
Assalomu alaykum! Sigirni sut sog‘adigan elinini o‘zini hamma uchlarini qoldirmay yuvamiz. Keyin sut sog‘amiz, lekin sog‘gandan keyin sigirni yuvilgan ko‘kragini atrofidagi yungli joylariga yopishib, qotib ketgan najosatlari bo‘ladi. Sog‘ayotganimzda o‘sha yungli joylardan sigirni sonidan o‘sha yopishib ketgan najosatlari kichkina mayda zarracha bo‘lib tagidan sutga tushib qoladi. Sog‘ilgan sutni marlidan o‘tqazsakkina marlida kichkina mayda narsalari ko‘rinib chiqib turadi. Sigirni elinini 1 chelak suv bilan yuvib toza qilinadi, lekin elini atrofidagi yungli katta qismiga najosta yopishib qotib qolganligi uchun unisini faqat yozda, sigirni opchiqib to‘liq yuvib quritamiz. Boshqa payt yuvib bo‘lmaydi. Shu sut agar dokadan o‘tqazib ichsa halolmi? Yoki nima qilib bo‘sayam sog‘ishdan oldin qotib yopishib qolgan yungli qismini ham yuvish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunchaligi uzrli hisoblanadi. Fuqaholar qo‘y yoki echkini sog‘ilayotganda qumqalog‘i sut idishiga tushib qolsa erib ketmasidan oldin o‘sha zahoti qumqalog‘ini olib tashlab sutni iste’mol qilish joiz deganlar. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 14:48 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom