Bu holatda nima qilaman ?

Assalomu alaykum! Men chet elda, koreyada o‘qiyman va ishlayman. Ishim yuk tashish edi, kecha kechqurun transport halokat tufayli oyog‘im to‘pig‘idan sinib qoldi. Namozlarimni o‘qiy olmayapman va Insha Alloh Alloh nasib etib 2 oylarda tuzalsam barbir og‘ir yuk ishimga qayta olmas ekanman, mumkin emas ekan. Bu erda oshxonalar bor, tovuq pishiradigan. Ammo tovuqlar halol emas. Shunaqa ishlarda bir muncha vaqt ishlab tursam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh shifo bersin. Oyog‘ingizni sinishi namozni tark qilishga sabab bo‘lolmaydi. Shariatimizda namozni o‘qimaslikka uzr yo‘q. Tura olmasa, o‘tirib, o‘tirolmasa yotib bo‘lsa ham namoz o‘qish kerak bo‘ladi. Shuning uchun siz ham imkoningizdan kelib chiqib, o‘tirib yoki boshqa qulay holatda namoz o‘qshingiz zarur hisoblanadi. Namozlarni o‘z vaqtida o‘qishni biz va sizni yo‘qdan bor qilgan va xohlaganida bordan yo‘q qilib qo‘yishga ham qodir bo‘lgan Alloh buyurgan. Halol bo‘lmagan tovuq pishiradigan oshxonada ishlashingiz joiz emas. Boshqa halol ish toping. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 16:57 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar