Ota haqida savol
Assalomu alaykum! Avvalroq, ya’ni 2019/05/08 da sizlardan “OTA HAQIDA SAVOL” nomli do‘stimning savoliga javob olgan edim. Do‘stim kuni kecha o‘qidi siz aziz ustozlarning javobingizni va yana savol yo‘llashimni iltimos qildi. Do‘stim menga: “Men otamni rozi qilishni, hurmat qilishni, ularga yaxshilik qilishni astoydil hohlayman va buning uchun tayyorman, lekin o‘zim ulardan rozi bo‘la olmayapman menga bo‘lgan bee’tiborliklari va ma’suliyatsizliklari uchun” deyapti. “Otamdan rozi bo‘lmasligim mumkinmi men ularni rozi qilgan taqdirimda ham?”. Do‘stimning bu savoliga javob kutib qolaman! Oldindan katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Eng piyonista va zinokor ota ham begonalar uchun o‘sha sifatda bo‘lsa ham, ota farzandlari uchun farzandlari yuziga kulib boqsa qabul bo‘lgan haj va umraning savobini oladigan maqomda bo‘ladi. Tekindan shunday savob turganida shaytonni gapiga kirish ahmoqlikdan boshqa narsa emas. Shayton hamma vaqt savob olinadigan fursat bo‘lganida qo‘ldan ketkazishga harakat qiladi. Xalqimiz bekorga “Otang to‘ng‘iz bo‘lsa bog‘lab boq” deb aytmagan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:52 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush