Umra amali

Assalomu alaykum! 1) 3-4 kishiga umra badal qilishni niyat qilgan inson (ayol kishi) xar bir umra balini so‘ngida sochini kesadimi yoki birinchisida kesgani kifoya qiladimi? 2). Umra safarida Madinadan Makkaga umra uchun ketayotgan ayol uzrli xukimda bo‘lib qolsa va safar so‘ngigacha poklanmasa unga qanday amallar qilinishga ruxsat beriladi. Tavof qilmasada Haramga kirish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Har birida kesadi. 2). Unday ayol pok bo‘lgunicha masjidga kirishi va tavof qilishi joiz emas. Tashkilotchilardan keyingi guruhdagilar bilan qaytishlik tadbirini qilishi kerak. Bu tashkilotchilarning zimmasidagi vazifa. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 14:59 | Savol-javoblar | 195 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar