"Issik sovuk" bor narsami??

Xammaga salom bu savol juda kup berilgan bulsa k-k lekin anik javob kurmadim, mening bir tanishim bu narsag mukkasidan ketib ishonib yuripti men unga bunarsani notugriligini aetib xech ishontira olmadim. uni aytishicha "issik sovuk paygambarlarga xam kilgan ekan" deb uzini notugri ish kilmayatganiga ishontirib yuripti uni aytishicha u usha ishni kiluvchi odamni oldiga bori ichidan turli xil narsalarni oldirgandan kegin uzni engil tutar ekan, bu narsaga kanday karisiz? va u uz ichidan oldirgan narsalarni kim va kanday kilib solib kuygan bulishi mumkun???
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu kabi ishlar aldamchilikdan iborat bo‘ladi. Agar o‘sha odamlarning ichidan narsa olayotgan shaxsning huzurida ikki yoki undan ortiq kishi ichidan narsa olganda boshqa bir odam kuzatib tursa, aldamchiligi darhol bilinadi.

21 Aprel 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar