Ramazonda hatmi Qur’on haqida

hurmatli Ustoz, Shayh Hazratlari, Avvalo ro‘zani bizga farz qilgan Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin, Ramazonni bunchalar fayzli o‘tkazishni bizlarga o‘rgatgan payg‘ambarimiz salollohu alayhi vasallamga durudu salovotlar bo‘lsin! Kirib kelayotgan muborak Ramazon oyi muborak bo‘lsin, aziz Ustoz! savol berib qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzr, Savolim: Bizni qishloqda qori etishib chiqmagani sababidan har yil muborak Ramazon oyida Taroveh namozlarida hatmi Qur’on qilish uchun qorilarni boshqa qishloqlardan olib kelamiz. (Duo qiling, avvalo bizdan ham qorilar etishib chiqsin). Bu yilgi taroveh namozlariga qori olib kelishni maslahat qilar ekan, namozhonlarimizdan quyidagicha taklif tushdi: qorini olib kelib, 30 kun davomida 30 kishi u insonni mehmon qilib, saharligu iftorlik beradi, va ketish chog‘ida hizmatlari uchun ma’lum miqdorda pul bermoqchimiz. Qori hatmi Qur’on qilgani uchun o‘zimiz rozi bo‘lib pul berishimiz durustmi? Javobingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiraman!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Durust.

26 May 2022, 22:32 | Savol-javoblar | 145 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar