Savolchilarga taklif

Assalomu alaykum! Bu xatni yozishimizdan maqsad boshqa insonlarni oldida o‘zimizni ilimli qilib ko‘rsatish emasku, ammo achchiq bo‘lsa xam xaqiqat deb maqsadga muofiq deb bildik. Savol berayotgan birodarlarimizga bir oz taklif. Avvalo savol berishda insonda maqsad bo‘lishi kerak, ya’ni savoliga javob olsa manfatlanmoq lozim. Shu savolni javobini bilgandan so‘ng unga amal qilishi kerak, ana o‘shanda InshaAlloh javobdan manfat topgan bo‘lamiz. Lekin oxirgi vaqtlarda ming afsuslar bo‘lsinkim savol berishda bir oz xaddan oshishlik ko‘payib ketdi, juda maydalashib ketdik. Bundan ko‘ra qiladigan ishlarimiz juda ko‘p, biz o‘sha narsalarga ilmimizni sarf qilishni bilishimiz kerak. Savol berayotgan insonni niyati nafaqat javob berguvchilarga, balkim uni o‘qib turgan ommaga xam ayyon bo‘lib bormoqda. Ya’ni niyati buzuq. Bu bizlarni naqadar ilmsiz, naqadar ongsiz ekanligimizga yaqqol dalil desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Eng achinarlisi xatto xozirgi kunda eng onson mavzudagi savolni xam shu saytga jo‘natib bir xafta kutish. O‘sha savolni biror masjidga borib so‘rash malol keladimi? Masjidlarda sizlar o‘ylaganchalik darajada ilimsiz domlalar o‘tiradi deb o‘ylaysizlarmi? Yoki masjid imomlari savol bersangiz biz bilmaymiz Zikr axli saytiga murojat qiling deyishadimi? Yoki o‘zimiz uchun kerakli mavzuga javob olish uchun onsongina o‘tirgan joyimizda shu saytga yo‘llab qo‘yish afzalmi bizlarga? Naxotki tafakkur qila olmasak, naxotki ongimizni ishga sola olmasak, naxotki ummat shu darajaga etgan bo‘lsa? To‘g‘ri balkim shar’iy hukmda, aqiydaga oid qiyinroq savol bo‘lsa shu saytga yo‘llagan afzal, lekin bu sayt xizmatchilarini arzimagan savolga uruntirish bexurmatlikdan boshqa narsa emasmi? Savol berib javob berguvchini jaxanamga ko‘prik qilib o‘tib ketish bo‘ldimi niyatimiz? Hazratimiz (Alloh rahmatiga olsin u insonni) shunaqa bemani, mantiqsiz, foydasiz savollar berilishi uchun tashkil qilganmidilar bu saytni? Ming afsuslar bo‘lsin tan olishimiz kerak biz ilm borasida, tarbiya borasida, farosat borasida juda ortda qolib ketdik. Xazratimiz shuncha kitoblarni nashriyot qildilar biz esa o‘sha kitoblarni o‘qishni o‘rniga faqat internetdan onsongina foydalanish yo‘lini tanladik. Hazratimizni "Hadis va Hayot" kitobilarini o‘qiganimizda edi bunday savvolarga o‘rin qolmagan bo‘lar edi... Xullas bu mavzuda so‘z yurutsak to‘xtamaydi. Aziz birodarlar sizlardan iltimos bu sayt xizmatchilariga befoyda, mantiqsiz savol berib vaqtlarini olmaylik, o‘zimiz uchun zarur masalada murojat qilishni bilaylik, oddiy savol bo‘lsa masjid imomlariga uchrashaylik. Alloh xammalarimizni ilm olishda bardavom qilsin, sayt ahllarini qilayotgan ishlarini Alloh manfatli qilsin savol beruvchilarimiz javob olgandan so‘ng amal qiladigan taqvoda bardavom bo‘ladigan solix bandalardan bo‘lishliklarini xammalarimizga nasib qilsin. Assalamu alaykum va roxmatulloxi va barokatuxu.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘quvchilarimizga yaxshi taklifni qilibsiz. Tashakkur. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 15:21 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar