Ijaraga olgan joyimning eri

Assalomu alaykum! Bir joyni ijaraga olib ishlataman, shu ish joyimda qulaygina qilib avtomashina to‘xtashi uchun sharoit qilib qo‘yilgan. Shu ishlayotgan joyimning xududiga kiradi ya’ni ishlayotgan joyimga qarashli. Alhamdulilah ibodatdaman ishxonamdan 200 metr narog‘ida masjid bor. Ibodatga kelayotganlar shu joyimdan foydalanishadi ya’ni mashinalarini qo‘yib masjidga kirib ketishadi. Vaqti bemaxal shu joyim band bo‘lganda shu mashinalarni chiqish tomonini to‘sib qo‘yib turaman negaki boshqalarning joyini egalab ozor bermaslik uchun. Bugun shunaqangi ish bo‘ldiki xufton namoziga kechka qolib bordim va moshinalarni chiqishga qo‘p qo‘ydim va namozga kirib ketdim. Chiqishimga yoshi katta otaxonlarimiz uzrli sababga ko‘ra mani kutib turishgan ekan va menga bu joy senga qaramidi Allohniki deyishdi. Man majbur bo‘lganimdan shu erga qo‘ydim, tortishib qolganimizda Allohga topshirdim deb yuborishdi. Ko‘nglim xijl man noto‘g‘ri ish qildimmi deb. Ijaraga olgan joyimni avtoturarjoyi bilan berganlar shu ishxonani sharoiti uchun bitirilgan man ijaraga olgan joyni avtoturarjoyi menga qarashlimi yoki qarashli emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunchalik bag‘ri tor bo‘lmaslik kerak. Sizga o‘shalarni savobi qoladi. Oxiratda uni albatta olasiz. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 15:10 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar