Naqd yoki qarz

Bismillah, alxamdulillah,vassolatu vassalamu ’ala rasulillah.Assalamu ’alaykum va raxmatullahi va barakatuh shayx xazratlari, bir birodarimdan mashinasini narxini suradim, u menga javoban naqdgami, yo qarzgami dedi? Men naqdga boshqa narx, qarzga boshqa narx bo‘lsa ribo bo‘lishi mumkin deb aytdim. savol : naqd pulga bir narx, qarzga boshqa narxga sotsa shu ribo bo‘ladimi
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunday holatda ribo bo‘lmaydi. Faqat oldin qaysi xildagi savdo qilishni kelishib olish kerak. Ya’ni, naqdmi yoki nasiyaligini. Nasiya savdoga kelishilganidan keyin naqdning narxidan ziyoda qilish ribo bo‘lmaydi.

7 May 2022, 16:05 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar