Oilaviy tortishuv

Assalomu alaykum! Ustozlar, bir tanishimni eri oilaviy tortishuv paytida «sen taloqsan ketaver» debdi yana ozroq tortishuvdan keyin «sen taloqsan ketaver» debdi, xuddi shu  hol umumiy holda uch martta takrorlanibdi. Tanishim masjid imomidan shu hol bo‘yicha murojat qilsa bir xil hollarda er taloq desam ham o‘tmaydi debdi. Lekin men Shayx hazratlarini «Baxtiyor oila» kitoblarida — bir taloqni yoki ikki taloqni yarashtirsa bo‘ladi ammo uch martta aytilsa bo‘lmaydi deganlarini o‘qigandim. Iltimos shu masalaga oydinlik kiritib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar holat xuddi siz aytgandek bo‘lsa, oraga uch taloq tushgan. Bu kabi masalalar ikki tomonning jonli majlisdagi ishtirokida, mutaxassis ahli ilm tomonidan ko‘rib chiqiladi. Sizlar ham o‘zingizga yaqin joydagi biron ahli ilmga murojaat qilinglar. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 00:08 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar