Jaxl bilan qaytimi kerakmas deb olmasa

Assalomu alaykum! Yandeks taksi da ishlayman kecha bir mast odam chiqib manzilga etmasdan tushaman xisoblang dedi. 15500 so‘m desam keyin uyimga olib borib qo‘ying qo‘shib beraman dedi programmani yopganim uchun adresni ko‘rsatmadi o‘ziga aytsam orqaga chapga deb boshqa joylarga xaydatdi lekin mast bo‘lgani uchun qaerdaligini xam bilmasdi. Yana yangi manzil aytib oborib qo‘y dedi u yoqda xam qaerga borishni bilmaysiz keyin deb obormadim pulini berib tushib keting dedim. U obormadi deb jaxl qilib 100.000 so‘m berib qaytimi kerakmas deb olmay ketti. Taxminan 30000 bo‘lishi kerak edi. Qolgan 70000ni nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday vaziyatda uning o‘zi aybdor ekan. Siz undan o‘sha pulni majburlab olmagan bo‘lsangiz harom emas. Vallohu a’lam!

4 Sentabr 2023, 22:57 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar