Xafa qilganni kechirish

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan quyidagidek rivoyat qilingan hadis bormi? «Seni xafa qilganni kechir. Senga yomonlik qilgan kishiga yaxshilik qil, zolimlarga nisbatan adolatli bo‘l».
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz aytgan ma’noda hadis yo‘q. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rosululloh sollallohu alayhi va sallam “Dunyo va oxiratdagi go‘zal axloqga dalolat qilaymi?” dedilar. “Ha yo rosululloh!” deyishdi. “Senga zulm qilganni afv qil, aloqani uzganga aloqani bog‘lagin. Seni mahrum qilganga ber” dedilar”.  Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 13:50 | Savol-javoblar | 188 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar