Ribo bo‘lmadimikan?

Assalomu alaykum! Men sotuvchidan olxo‘ri oldim. 1 kgni 2000 so‘m dedi 1500 dan bersangiz 2 kg olaman dedim oling dedi. Idishga solish vaqtida pishmaganiyam solinib ketdi, men oqlarini solmang deb chiqarib qizillaridan soldim. Sotuvchi hech narsa demay rozi bo‘lganday taroziga tortib berdi. Men rahmat deb olib ketdim. Oqlarini idishdan qaytarib o‘rniga qizilini solganim menga ribo bo‘lmadimikan? Chunki men hech qanday kelishuvsiz 1500 so‘mdan bersangiz olaman dedim bo‘ldi, lekin egasi roziday ko‘rindi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 01:19 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar