Birgalikda ekin ekish

Assalomu alaykum! Bir qishloqdagi do‘stim erni ijaraga olib, xashak uchun makkajo‘xori ekishni taklif qilyapti. O‘zini mablag‘i yo‘qligi uchun 2 gektar erga ketadigan xarajatni mendan so‘rayapti. 1 gektarni o‘zi uchun, 2-gektarni birgalikda ekin ekib, foydani teng bo‘lamiz deyapti. Hamma mehnatni o‘zi qiladigan bo‘lyapti. Shunday holda shariatimiz bo‘yicha pul bersa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizlarni bu kelishuvlaringizni shariatda muzora’a deyiladi. Uni 7 xil ko‘rinishi bor. 1-er va urug‘ bir kishidan, xukiz va ishlash ikkinchi kishidan. Bu durust. 2-er bir kishidan, qolgan hamma narsa ikkinchi tarafdan. Bu durust. 3-mehnat bir kishidan, qolgani ikkinchi tarafdan. Bu durust. 4-er va xo‘kiz bir kishidan, urug‘ va mehnat ikkinchi tarafdan. Bu durust emas. 5-xo‘kiz va urug‘ bir kishidan, er va mehnat ikkinchi tarafdan. Bu durust emas. 6-xo‘kiz bir kishidan, qolgan hamma narsa ikkinchi tarafdan. Bu durust emas. 7-urug‘ bir kishidan, qolgan hamma narsa ikkinchi tarafdan. Bu ham durust emas. Siz taqdim qilgan ma’lumotga ko‘ra sizlarning kelishuvingiz 5-ko‘rinishida ekan. Bu joiz emas. Joiz suratlarini tanlab olinglar.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:35 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar