Meros xaqida
Assalomu alaykum! Buvimiz olamdan o‘tganlar buvimning bir o‘g‘illar(tog‘am) va bir qizlari (volidam) bor. Volidamning va tog‘amning diniy ilmlari yo‘q, izlash xizmati va xadis va xayotning 12 juz faroiz bo‘limini o‘qib chiqdim. Biz faroizda ko‘rsatilganidek 2 xissa o‘g‘ilga 1 xissa qizga bo‘lishlikka onamni ko‘ndirgandim, lekin tog‘am va farzandlari rozi. O‘z xissalaridan voz kechishdi. Shu ish to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oddiy bir choynak yoki piyolani bo‘lsa ham olib biz merosdan shuni olamiz, qolgani kerak emas deb chiqib ketishsa dinimizda buni taxoruj deyiladi. Qolgani onangizga qolaveradi. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 16:38 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar