Ish haqqidan olinadigan 10%

Assalomu alaykum! Koreyada kunlik ish bilan ta’minlovchi ofislar bo‘lib, shu erga ishga borsangiz, ishlab topgan pulingizni 10%ni ofes boshlig‘iga berasiz. Savolim shundan iboratki: Agar bir kun shu joyda ishga chiqib kelganingizdang so‘ng sizni ishlatgan mijoz “ertaga ofesga emas meni oldimga kelaver” desa va shunday qilsangiz ofis boshlig‘ini ertasi kunlardan ishlagan pulimizda haqi bo‘ladimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Dalolat qilgani uchun bir bor haq olgani etadi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:47 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar