Exsondan berish

Assalomu alaykum! Xolamning ыizlari 3ta yosh bolasi bilan beva bp ыoldilar. Ularga juda kp yaxshi insonlar exson ыilib turishadi. O‘sha narsalar masalan guruch kartoshka sabzi ba’zida opamning extiyojidan ko‘payib ketarkan. O‘sha narsalardan boshqa bir extiyojmand qo‘shnisiga bersa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Olayotgan paytida "buni bollarga emas menga deb beringlar, albatta men buni bollarga sarflayman. Gohida oshib qolsa qo‘shnilarga ham beraman” deb aytsin. Shu erda ba’zi bir etimi borlarga yordam berayotganlar mulohaza qilib qo‘ysinlar. Berishda bolalarni onasiga bersin, onasi oshganini qo‘shnilarga beraveradi. Xohlasa sotib pulini bolalarga ishlatadi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 11:10 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar