Ota-onani g‘iybatdan qaytarish
Assalomu alaykum! Ota-ona g‘iybat qilishsa ularni bu g‘iybatdan farzand qaytarsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta bo‘ladi. Inson kimlar bilandir muloqotga qirgan vaqtda ularga gapirayotgan gapning ohangiga qattiq e’tibor qaratish kerak. Alloh taolo "Isro" surasida marhamat qiladi: وَقُل لِّعِبَادِي يَقُولُواْ الَّتِي هِيَ أَحْسَنُ إِنَّ الشَّيْطَانَ يَنزَغُ بَيْنَهُمْ إِنَّ الشَّيْطَانَ كَانَ لِلإِنْسَانِ عَدُوًّا مُّبِينًا 53. Bandalarimga aytgin, ular eng go‘zal bo‘lgan narsani aytsinlar. Albatta, shayton oralarini buzib turadir. Albatta, shayton inson uchun ochiq-oydin dushmandir.
Albatta hammamiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Har bir insonning qadrini o‘z o‘rniga qo‘ying” degan hadislariga binoan gapirishdagi ohangni ham e’tiborga olish kerak. Ota-onaga haqni tushuntirgan vaqtda ham shogirdingiz yoki do‘stingiz, hatto ota-onangizdan boshqa yoshi kattalarga tushuntirgan tarzingizni ishlatmang. Ota-onangiz siz ularga xayrixohlikni tilayotganingizni so‘z ohangizdan tushinishsin. Kimdandir nasihat eshitayotgandek eshitmasinlar. Ta’na, dashnom tarzini aslo xis qilmasliklari kerak. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 16:49 | Savol-javoblar | 176 | Ruhiy tarbiya