Odamlarga manfaat tegishi

Assalomu alaykum! Men yoshligimdan chet davlatda yashashni va ishlashni, ko‘p qiynalgan odamlarga xech bo‘lmasa puldan yordam qilishni maslaxat qilganman. Sababi o‘zim yoshligimda juda ko‘p qiynalganman. Xozirda ingliz tilini va bir nechta tillarni yaxshi o‘rgandim va rus tili bilan nemets tilini o‘rganayapman. O‘zim va oilam 5 vaqt namoz o‘qiymiz. Lekin akam menga "sen juda ko‘p til bilasan. Lekin Arab tilini bilmaysan. Namoz o‘qiganinga 2 yil bo‘ldi xali o‘sha 5ta suradan boshqasini yodlamading. Chet elda senga balo bormi? Undan ko‘ra dinga ko‘proq e’tibor ber. Qur’on yodla va hadis yodla deydi". Nima maslahat berasizlar, Ustozlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nimaga iste’dodingiz bo‘lsa o‘shani qilib odamlarga manfaatingiz tegsin. Dunyoviy ilmlarni ham o‘rganib, etuk mutaxassis bo‘ling, shu yo‘l bilan ham dinga xizmat qilish mumkin. Diningizni ham o‘rganishdan to‘xtamang. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 16:49 | Savol-javoblar | 128 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar