Ishxonamdagi taomlar
Assalomu alaykum! Men chet elda ishlayman. Bu erda go‘sht maxsulotlariga cho‘chqa go‘shti qo‘shishadi. Men ishxonam xisobidan ularni oshxonsida ovqatlanaman, ular menga taomlari cho‘chqa go‘shtidan tayorlanmasligini faqat tovuq go‘shtidan tayorlaymiz deyishadi. Ovqatlarida rostan xam faqat tovuq go‘shti, lekin yaqinda taomga qiymalangan go‘shtdan qilingan kotlet xam berishdi. Men uni nimani go‘shtidan tayorlanganin so‘rasam ular biz bilmaymiz bizga tayyor xolda olib kelishadi dedi. Men u go‘shtni xalol yoki xaromligni bilmayman, shunda men qanday yo‘l tutishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tovuq go‘shti ham agar Bismillahni aytmasdan so‘yilgan bo‘lsa eyish ham u solingan ovqatni ichish ham joiz emas. Shubhalangan taomdan ham saqlaning. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 17:11 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom