Davo izlab

Assalomu alaykum. Aziz ustozlar enam kasal mazalari yuk doktor noto‘g‘ri tashxis kuyib operatsiya kilib kuydi yaxshi bulmadi.keyin Yana tekshirtirdm xamma azolari soglom asabdan deyishyapti.enamdi vaxima kurkuv egallab olgan ichim tuladi badanimdan suv okadi kuyadi achiydi v.x xarxil ogriklardi aytadi. Meni oldidan ketgizmaydi joni azobda gapiraveradi Nima kilaman kaytaman bolajonim meni tuzat deb yalinadi kurkib ketaman Devona bulb koladimi deb. Enam chamasi 25yillar avval Bir folbindan baxshilik kisam Kul olsam kasal bulmaskanman deb kuy suyib Kul olgan. Buni shirk ekanligini bildik keyin namozdi urgatdim baxshilik kimang deb folbin bergan xirchinlardi yoktirdm. Yakinda enamdi ammasini kizlari kelib menga enanga Yana Kul obermasang tuzalmaydi menam shu ishdi kilmasam kasal bb kolaman .ullari amalini kildirmaskan buni xudo berganda deb.meni aylayabdi.mexmon Edi tortishmadm. Keyin enamga Shayximizdi folbinlik sexrgalk xakida kitobini ukib beray akidasi buzilmasin deb ukib berayatgan edimboshidan sexr xakida degan joygacha ukigandm enamdi yomon kaltirok chupchish bulib koldi gapirolmay koldi kalimani ayting deb uzim oyatalkursini ukiyverdm menga nimaga bunday buldi deb koldi.mulloga ukityapman kasb kilmagan tokvodor mullo topolmayapman. Jin chikarish bilan mashxur mulloga olib borganm buni noto‘g‘ri deb bilaman.sabr kilaymi shularga xam ukitaymi ikkilanyapman xozir pisixaterapevt dorisini beryapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatga muvofiq jin chiqaruvchilar ham bor. Oldida tinmasdan Oyatul Kursiyni o‘qiyvering. 100-200 bor o‘qing. Ertaman va kechqurunda 11marta salovat keyin “Fotiha”, “Oyatul kursiy” va 4ta “Qul” bilan boshlangan suralarni va oxirida yana 11 marta salovat o‘qib dam solish kerak. عَنْ أَبَانَ بْنِ عُثْمَانَ، عَنْ أَبِيهِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: مَنْ قَالَ بِسْمِ اللهِ الَّذِي لَا يَضُرُّ مَعَ اسْمِهِ شَيْءٌ فِي الْأَرْضِ وَلَا فِي السَّمَاءِ وَهُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ، ثَلَاثَ مَرَّاتٍ لَمْ تُصِبْهُ فَجْأَةُ بَلَاءٍ حَتَّى يُمْسِيَ، قَالَ: فَأَصَابَ أَبَانَ الفَالِجُ، فَجَعَلَ الرَّجُلُ الَّذِي سَمِعَ عَنْهُ الْحَدِيْثَ يَنْظُرُ إِلَيْهِ، فَقَالَ لَهُ: مَا لَكَ تَنْظُرُ إِلَيَّ! فَوَاللهِ مَا كَذَبْتُ عَلَى عُثْمَانَ، وَلَا كَذَبَ عُثْمَانُ عَلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، وَلَكِنِ الْيَوْمُ الَّذِي أَصَابَنِي فِيْهِ مَا أَصَابَنِي غَضِبْتُ فَنَسِيْتُ أَنْ أَقُولَهَا. رَوَى هَذِهِ السِّتَّةَ أَصْحَابُ السُّنَنِ Abon ibn Usmondan, u otasi roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kim «Bismillahillazii laa yazurru ma’a ismihi shay’un fil arzi va laa fis-samaai va huvas-samiy’ul aliym»ni uch marta aytsa, kech kirguncha unga to‘satdan keladigan balo etmaydi», deganlarini eshitdim».
Abonga falaj etdi. Undan yuqoridagi hadisni eshitgan kishi unga qaray boshladi. Shunda Abon unga:
«Nimaga menga
(bunday) qarayapsan?! Allohga qasamki, men Usmonga yolg‘onni nisbat berganim yo‘q. Usmon ham Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yolg‘onni nisbat bergani yo‘q. Ammo menga musibat etgan kuni g‘azablanib, uni aytishni unutibman», dedi».
Ushbu oltitani «Sunan» egalari rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisi sharifning roviysi va qahramoni Abon ibn Usmon roziyallohu anhu uchinchi xalifa Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning o‘g‘illaridir. U kishi otalari – buyuk sahobiy Usmon ibn Affon roziyallohu anhudan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning «Kim «Bismillahillazii laa yazurru ma’a ismihi shay’un fil arzi va laa fis-samaai va huvas samiy’ul aliym»ni uch marta aytsa, kech kirguncha unga to‘satdan keladigan balo etmaydi» degan hadislarini eshitib, keyin o‘zlari odamlarga rivoyat qilib yurar ekanlar. Ittifoqo, bir kuni u kishi falaj xastaligiga chalinibdilar.
Bemor yotgan Abon ibn Usmon roziyallohu anhuni ko‘rgani odamlar kela boshlabdilar. Shunda u kishidan biz o‘rganayotgan ushbu hadisi sharifni rivoyat qilgan kishi ham kelib qolibdi. U kishi Abon ibn Usmon roziyallohu anhuga ajablanib qaray boshlabdi.
Uning qarashida «O‘zing shunday hadisi sharifni rivoyat qilib turib, qanday qilib bu baloga yo‘liqding? Hadisi sharifga o‘zing amal qilmasmiding?» degan savol bor edi. Buni sezgan Abon ibn Usmon roziyallohu anhu haligi odamga:
«Nimaga menga (bunday) qarayapsan?! Allohga qasamki, men Usmonga yolg‘onni nisbat berganim yo‘q. Usmon ham Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yolg‘onni nisbat bergani yo‘q. Ammo menga musibat etgan kuni g‘azablanib, uni aytishni unutibman», dedi».
Demak, kim ixlos bilan ushbu hadisi sharifda kelgan duoni o‘qib yursa, unda berilgan va’dadan bahramand bo‘lar ekan. Bunga e’tiqod va amal qilishga odatlanmog‘imiz kerak.
Duoning ma’nosi quyidagicha: «Ismi birga bo‘lganda hech narsa zarar qilmaydigan Allohning nomi ila. U Zot o‘ta eshituvchi va o‘ta ko‘ruvchidir». (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

20 Aprel 2022, 20:14 | Savol-javoblar | 131 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar