Ko‘zi ojiz odam imom bo‘lishi
Assalomu alaykum! Biz yotoqxonada 3 kishi turamiz. Bir o‘rtog‘imizning ko‘zi ojiz, lekin tajvitni o‘rgangan. Deyarli bir yil unga iqtido qilib o‘qidik. Yaqinda o‘sha o‘rtog‘imiz boshqa bir ko‘zi ojiz kishidan “ko‘zi ojizlar imomlik qilolmaydi” degan gapni eshitibdi. Shu gap to‘g‘rimi? Agar to‘g‘ri bo‘lsa oldin o‘qilgan namozlar nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ko‘zi najosatdan saqlanishligi aniq bo‘lsa unga iqtido qilish joiz. Odatda usti boshiga najosat tekkanini ko‘rmay qoladi. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 17:22 | Savol-javoblar | 148 | Namoz