Dalada qolib ketgan hosilni olish

Assalomu alaykum! Qidiruv xizmatidan topa olmadim. Biz tomonda ya’ni bizni tumanda shunday qilishadi (boshqa joylarda ham shundaydir balki): fermerlar bug‘doydan keyin erlarini ikkinchi hosil uchun asosan sabzi, sholg‘om ekkani ijaraga berishadi. Ijarachilar kuzda hosilni yig‘ib olishadi, albatta, hosilni hammasini, top toza yig‘ishtira olishmaydi. U er bu erda, agatni chekkalarida bir ikkita  sabzi qolib ketadi, ba’zan sovuq urib ketsa, kavlab to‘plab qo‘ygan joyida tonnalab sabzilari qolib ketadi yoki hosilni yig‘ishtirib olgandan keyin kuzgi haydovda dalada qolib ketgan sabzilar erni yuziga chiqib qoladi. Sholg‘om eksa o‘rtachalarini terib olib chetga eksport qiladi, katta katta beso‘naqaylari dalada qolib ketadi. Dalada qolib ketgan hosilni ijarachilardan hech kim olib ketmaydi, mahalladagilar mol-qo‘y qo‘yishvoradi. Mahalladagi odamlar  u er bu erdan yig‘ib 3-4 qop balki undan ham ko‘p sabzi qishga g‘amlaydi tekindan. Sovuq urib dalada qolib ketgan tonnalab sabzilarni mollariga atala qilib berish uchun 10-30 qopgacha yig‘ib olib ketishadi. Sholg‘omlarni ham shunaqa. Bu olganlari uchun hech kimga haq to‘lanmaydi, hech kim haq so‘ramaydi ham. Agar mahallani odamlari buni olib ketmasalar shu qolib ketgan hosil o‘sha joyda qolib ketaveradi. Hech kimga kerak emas. Bu vaziyat oddiy holatga aylangan. Savolim shundan iboratki, shu vaziyatlarda dalada qolib ketgan hosilni olish halol bo‘ladimi? Javob uchun oldindan katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Halol bo‘ladi. Chunki ular isrof qilib tashlab ketgan bo‘ladilar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:54 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar