Solixa

Assalomu alaykum savolim: Solixa ayol deganda Qanday ayolni tushunishimiz kerak.Javobingiz uchun oldindan katta raxmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
sizning savolingizga Niso surasining 3 oyatida javob bor.«Soliha ayollar itoatkor va Allohning hifzihimoyasi bo‘yicha g‘oyib(er)larining muhofazasini qiluvchilardir».Ya’ni, mo‘mina, soliha ayollarning tabiatida eriga itoatkorlik bordir. Biz «itoatkorlik» deb tarjima qilayotgan so‘z oyati karimada «qonitatun» lafzi ila kelgan. Bu so‘z o‘z irodasi, rag‘bati va muhabbati ila itoat qilish ma’nosini anglatadi. Demak, mo‘mina, soliha ayollarning erlariga itoati o‘z mas’uliyatini tushungan holdan kelib chiqqan bo‘ladi. Qo‘rqqanidan, majburlashdan yoki boshqa biror boisdan emas. Bu itoat o‘zini tushungan, hayotdagi o‘rnini, vazifasi va mas’uliyatini his etgan go‘zal insonning itoatidir.Mo‘mina, soliha ayollarning tabiatlaridan yana biri – ular:«Allohning hifzihimoyasi bo‘yicha g‘oyib(er)larining muhofazasini qiluvchilardir».Ya’ni, erlari yonlarida turgan paytlardagina emas, ular biror sabab bilan oiladan uzokda bo‘lgan chog‘larida ham ularning haqhuquqlarini, obro‘e’tiborlarini muhofaza qiladilar. Muhofaza qilishlari havoi nafsga muvofiq yoki o‘z fikrlaricha, yoxud erlarining talabiga binoan bo‘lmaydi. Balki, bu borada yagona hakam, belgilab beruvchi oliy tomon – Alloh taolo bor. Shuning uchun ham, oyatda «Allohning hifzihimoyasi bo‘yicha», deyilmoqda. Allohning hifz qilishga buyurgan narsalarini muhofaza qiladilar.Imom ibn Jarir Tobariy va Ibn Abi Hotimlar Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom:«Ayollarning yaxshisi – nazar solsang, xursand qiladigan, amr qilsang, itoat etadigan va g‘oyib bo‘lsang, seni o‘z nafsida va molingda muhofaza qiladiganidir», deganlar.Imom Ahmad Abdurrohman ibn Avf roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom:«Agar ayol kishi besh vaqt namozini o‘qisa, bir oy ro‘zasini tutsa, farjini saqlasa va eriga itoat qilsa, unga: «Jannatning qaysi eshigidan xohlasang, kiraver», deyiladi», deganlar.

21 Aprel 2022, 16:36 | Savol-javoblar | 134 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar