Maxr olishim shartmi?

Assalomu alaykum! Men juftimdan maxrga Ar-Rohman surasini yodlab berishlarini so‘ragandim. Yodlab berganlar, men rozi bo‘lgandim, lekin bizni nikox o‘qigan domla sura yodlash maxrga kirmaydi boshka narsa so‘rang degandilar. Keyin xo‘jayinim zirak olib berishni aytgandilar. Endi zirak olib berishlari kerakmi yo shartmasmi? Agar shart bo‘lsa boshqa (o‘zim xoxlagan) narsa olib bersalar bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Olib berishlari vojib. Xohlagan narsangizni olib bersa ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar