Asal olish xaqida

Assalomu alaykum! Biz oilada asalarichilik bilan shug‘ullanamiz. Ko‘proq dadam parvarishlaydilar. Biz tomonlarda Baxor yoz fasllarida gul kam bo‘lganligi sababli asal to‘plashga yordam bo‘ladi deb dadam asalariga shakarli sirop quyib beradilar. Tabiiyki u xaqiqiy asal bilan aralashib ketadi. Dadamni aytishicha u siropni xam asal ari qayta ishlab asal xolatiga keltirib qo‘yar ekan. Savol shu asalni toza asal deb yoki shunchaki indamay sotishimiz joizmikin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xalq qanday qabul qilsa o‘shani aytib sotaverasizlar. Chunki xalq ham o‘sha holatda shakarni ozuqa qilishlaringizni biladi. Shakari yo‘q deb sotmasanglar bo‘ldi. Vallohu a’lam!

18 Iyul 2022, 23:30 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar