Qarzdorning zakoti
Assalomu alaykum! Bizning ishlab chiqarish tseximiz bor. 15 ta ishchini doimiy ish bilan ta’minlash uchun xom-ashyolarni qarzga olib turishga majburmiz. Shu sababli doimiy qarzimiz yangilanib turadi. Qo‘limizda kamdan-kam holda naqd pul bo‘ladi, lekin sotadigan mahsulotimiz zakot nisobiga etadi. Biz qanday qilib zakot berishimiz kerak? Qo‘limizdagi mahsulotni zakot hisobida bersak xam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Umumiy aylanmadagi pul va mahsulotni hisoblaysiz. Undan qarzni chiqarib yuborasiz. Agar qolgan miqdor nisobga etsa va bir yil bo‘lgan bo‘lsa o‘shaning qirqdan birini zakotga chiqarasiz. Zakotni mahsulotdan berish ham joiz. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 19:33 | Savol-javoblar | 148 | Zakot