Quyosh qaerga ketishi haqidagi hadis sahihmi?
Assalomu alaykum! Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni: «Bu quyosh qaerga ketishini bilasizlarmi?» deganlarida, sahobalar: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta u yurib, Arsh ostidagi makonida to‘xtagach sajdaga egiladi. Shunday turganida unga: «Ko‘tarilgin, qaerdan kelgan bo‘lsang, o‘sha erga qaytgin», deyilsa, u qaytib har kun chiqadigan tomonidan chiqadi. So‘ngra yurib, Arsh ostidagi makonida to‘xtagach sajdaga egiladi. Shunday davom etib turganida unga: «Ko‘tarilgin, qaerdan kelgan bo‘lsang, o‘sha erga qaytgin», deyilsa, u qaytib har kun chiqadigan tomonidan chiqadi. So‘ngra yana shu yo‘sinda yurganida odamlar undan biror narsani bilmay qolishmaydi, hatto u Arsh ostidagi makonida to‘xtaydi. Unga: «Botadigan tomoningdan ko‘tarilgin, ya’ni mag‘rib tomondan chiqqin», deyilsa, u mag‘ribdan chiqadi», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu qachon (sodir) bo‘lishini bilasizlarmi? Bu bir kunki, o‘shal kunda biror jonga iymon foyda bermaydi, agar u oldinroq iymon keltirmagan bo‘lsa yoki iymonida yaxshilik bo‘lmasa», dedilar. shu hadis sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Sahihul Buxoriy” kitobida bor. عَنْ أَبِي ذَرٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لِأَبِي ذَرٍّ حِينَ غَرَبَتِ الشَّمْسُ: «تَدْرِي أَيْنَ تَذْهَبُ؟» قُلْتُ: اللهُ وَرَسُولُهُ أَعْلَمُ. قَالَ: «فَإِنَّهَا تَذْهَبُ حَتَّى تَسْجُدَ تَحْتَ الْعَرْشِ، فَتَسْتَأْذِنَ فَيُؤْذَنُ لَهَا، وَيُوشِكُ أَنْ تَسْجُدَ فَلَا يُقْبَلَ مِنْهَا، وَتَسْتَأْذِنَ فَلَا يُؤْذَنَ لَهَا، يُقَالُ لَهَا: ارْجِعِي مِنْ حَيْثُ جِئْتِ. فَتَطْلُعُ مِنْ مَغْرِبِهَا، فَذَلِكَ قَوْلُهُ تَعَالَى: وَالشَّمْسُ تَجْرِي لِمُسْتَقَرٍّ لَّهَا ذَلِكَ تَقْدِيرُ الْعَزِيزِ الْعَلِيمِ Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam quyosh botgan vaqtda Abu Zarrga: «U qaerga ketganini bilasanmi?» dedilar. Men: «Alloh va Uning Rasuli biladi», dedim. U zot shunday dedilar: «Albatta u borib, Arshning tagida sajda qiladi va izn so‘raydi, unga izn beriladi. Keyin u sajda qilay deganda, undan qabul qilinmaydi, izn so‘ray deganda, unga izn berilmaydi. Unga: «Kelgan eringga qayt», deyiladi, shunda u mag‘ribdan chiqadi. Mana shu U Zot taoloning «Quyosh o‘z qarorgohi tomon yuradir. Bu o‘ta aziz, o‘ta biluvchi Zotning o‘lchovidir», degan so‘zidir».*
* Ulamolar qadimdan ushbu hadisi sharifni turlicha, o‘z zamonalarida o‘zlariga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar asosida izohlab kelishgan bo‘lib, so‘zlarining xulosasi quyidagicha: «Bu erda insonlar ko‘rib, his qilib turgan voqe’lik nazarda tutilmagan. Binobarin, bu hadis koinotda kechayotgan zohiriy jarayonni ifodalamaydi, balki bu erda quyoshning har bir harakatda Alloh taologa to‘la bo‘ysunishi, uning er yuzida chiqib-botishi ham Alloh istagan vaqtgacha bardavom bo‘lib borib, U Zot dunyoning tugashini iroda qilganda, qiyomat oldidan quyoshning mag‘ribdan chiqishi o‘ziga xos uslubda bayon etilgan».
Xulosa qilib aytganda, bu kabi xabarlar g‘ayb ilmiga oid bo‘lib, mo‘min kishi ularga shundayligicha iymon keltirishi va ko‘zlangan ma’nolarni Allohga havola qilishi lozim. Sahobai kiromlar va ulardan keyingi ahli sunna va jamoa musulmonlarining yo‘llari mana shu. Zotan insoniyatning bilimi Allohning ilmi oldida ummondan tomchicha ham kelmaydi. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
2 May 2022, 23:37 | Savol-javoblar | 172 | Hadislar