Abdulloh ibn Mas’uddan hadis

Assalomu alaykum! Men Abdulloh ibn Mas’uddan kelgan (rivoyat yoki xadis)ni eshitgandim. Saxobalar davrida bir tup saxobalar to‘planib o‘tirishganda Abdulloh ibn Mas’ud : "Sizlarga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oxirgi namozlarini qanday ado etganlarini ko‘rsataymi" deb so‘rab saxobalar izn berishganidan keyin hanafiy mazhabidagilar namozni qanday ado etishayotgan bo‘lsa xuddi o‘shandek o‘qiganlarini ko‘rsatib bergan ekan". Bu xadismi yoki rivoyat? Bu qanchalik quvvatli ma’lumot? Arab tilidagisi bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imom Termizi ushbu hadisni hasan deganlar. Ya’ni hujjatga yaroqli deganlar. باب ما جاء أن النبي صلى الله عليه وسلم لم يرفع إلا في أول مرة
حدثنا هناد حدثنا وكيع عن سفيان عن عاصم بن كليب عن عبد الرحمن بن الأسود عن علقمة قال : قال عبد الله بن مسعود : ألا أصلي بكم صلاة رسول الله صلى الله عليه وسلم فصلى فلم يرفع يديه إلا في أول مرة. قال : حديث ابن مسعود حديث حسن. وبه يقول غير واحد من أهل العلم من أصحاب النبي صلى الله عليه وسلم والتابعين وهو قول سفيان الثوري وأهل الكوفة
 Vallohu a’lam!

7 May 2022, 19:44 | Savol-javoblar | 155 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar