Soch masalasi

Assalomu aleykum! Biz Zikr ahlidan sorang va BintuSodiq kanallarini kuzatib boramiz. 8596 sonli soch haqidagi savolga javobni oqib bizda savol tugildi. BintuSodiq kanalida uztozimiz Shayx Muhammad Yusuf hazratlarini soch haqida avdio yozuvlari berildi. Shuni eshitib uzun sochni koylak ichiga kirgizib olish kerak degan xulosa keldik. Bu holat nega xadisda keltirilgandek faqat erkaklarga tegishli deb boshidan xulosa qilinmagan. Zikr ahlidan so‘rang kanallari va bosh sahifada ko‘rsatilgan kanallar uzviy bir biriga bog‘liqmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uzviy bir-biriga bog‘liq. Ayollarni sochi odatda uzun bo‘lgan, shuning uchun ularga yig‘ishtirib olishga ruxsat berilgan. Erkaklarda unday emas. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 21:01 | Savol-javoblar | 166 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar