Taxajjud namoziga uyg‘otish

Assalomu alaykum! Adashmasam kechalari o‘zlari namozda qoim bo‘lib, eri ayolini, ayoli esa erini suv sepib bo‘lsa ham namozga turgizganlar yaxshi ekanligi haqida o‘qigan edim. Iltimos manbasi bo‘lsa xabar bersangizlar. Bunda tahajjud namozi nazarda tutilganmi yoki bomdod namozi? 

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Tahajjud namozi. Bamdod namozi bundanda avloroq shunday qilinishi kerak.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ ، قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : " رَحِمَ اللَّهُ رَجُلا قَامَ مِنَ اللَّيْلِ فَصَلَّى وَأَيْقَظَ امْرَأَتَهُ ، فَإِنْ أَبَتْ نَضَحَ فِي وَجْهِهَا الْمَاءَ ، رَحِمَ اللَّهُ امْرَأَةً قَامَتْ مِنَ اللَّيْلِ وَصَلَّتْ وَأَيْقَظَتْ زَوْجَهَا ، فَإِنْ أَبَى نَضَحَتْ فِي وَجْهِهِ الْمَاءَ " قَالَ : وَفِي رِوَايَةٍ : " إِذَا قَامَ أَحَدُكُمْ مِنَ اللَّيْلِ فَلْيُوقِظْ أَهْلَهُ ، فَإِنْ لَمْ تَسْتَيْقِظْ فَلْيَنْضَحْ عَلَى وَجْهِهَا الْمَاءَ " قَالَ : وَفِي أُخْرَى : " مَنِ اسْتَيْقَظَ وَأَيْقَظَ امْرَأَتَهُ فَصَلَّيَا رَكْعَتَيْنِ جَمِيعًا كُتِبَا مِنَ الذَّاكِرِينَ اللَّهَ كَثِيرًا وَالذَّاكِرَاتِ     سنن أبي داودAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :  Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Alloh kechasida turib namoz o‘qigan hamda ayolini uyg‘otgan, agar bosh tortsa yuziga suv sepib uyg‘otgan kishini rahm qilsin. Alloh kechasida turib namoz o‘qigan hamda erini uyg‘otgan, agar bosh tortsa yuziga suv sepib uyg‘tgan ayolni rahm qilsin” dedilar. Boshqa bir rivoyatda :“Birortangiz kechasida (namozga) tursa ahlini ham uyg‘otsin. Uyg‘onmasa yuziga suv sepsin” dedilar.Yana boshqa bir rivoyatda :“Kim uyg‘onib ayolini ham uyg‘otib, birgalikda ikki rak’at namoz o‘qisalar Alloh taoloni ko‘p zikr qilgan erkak va ko‘p zikr qilgan ayollar safiga yozib qo‘yiladi” dedilar.Sunani Abu Dovud.Vallohu a’lam!

1 May 2022, 12:18 | Savol-javoblar | 172 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar