Masjidimiz qiblasi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bizni Arnasoy tumanimizda katta masjidimiz bor, Allohga xamdlar bo‘lsinki yildan yilga juma namozidagi saflar kengayib borayapdi, meni bir savol kiynaydi, bu masjidni qurilishidan oldin tumanimizni shu qibla tarafni aniq qilib qurilishni boshlash uchun bir nechta mutaxassislari kelib aniqlashgan. Bir ziyoli taqvodor namozxon akamiz borlar, u kishi ko‘p yillar oldin hajga borib keldilar. Kelganlaridan keyin safda turishlari o‘zgardi, u akaga qo‘shilib bir nechta qarindoshlari xam shu xolatda namoz o‘qishayapdi. Ya’ni o‘avdalarini masjid joylashuviga sal qiyaroq qilib turishadi. Ko‘pchilik tanbex berishiga qaramay shu xolat davom etayapdi. Emishki hajdan Makkani ko‘rsatib turadigan joy namozmi yo kompasmi shunaka qurilma olib kelgan ekan, o‘sha qurilma boshqacharoq ko‘rsatar ekan. Ya’ni qiblaga masjidimiz sal noto‘g‘ri qurilgan emish. Shu ishga iltimos bir aniqlik kiritib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha hoji aka odamlar orasida ixtilof chiqarmasligi kerak. Agar masjidning qiblasi haqiqatan 45gradusdan o‘tib ketgan bo‘lsa asbobini olib kelib isbotlasin. Qibladan 45 daraja o‘ng yoki chapga moyil bo‘lib o‘qilgan namoz joiz. Alloh taolo “Baqara” surasi 144-oyatida marhamat qiladi : قَدْ نَرَى تَقَلُّبَ وَجْهِكَ فِي السَّمَاء فَلَنُوَلِّيَنَّكَ قِبْلَةً تَرْضَاهَا فَوَلِّ وَجْهَكَ شَطْرَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ وَحَيْثُ مَا كُنتُمْ فَوَلُّواْ وُجُوِهَكُمْ شَطْرَهُ وَإِنَّ الَّذِينَ أُوْتُواْ الْكِتَابَ لَيَعْلَمُونَ أَنَّهُ الْحَقُّ مِن رَّبِّهِمْ وَمَا اللّهُ بِغَافِلٍ عَمَّا يَعْمَلُونَ 144. Goho yuzingning osmonga tez-tez qayrilganini ko‘rurmiz. Bas, albatta, seni o‘zing rozi bo‘lgan qiblaga bururmiz. Yuzingni Masjidul Harom tomon bur. Qaerda bo‘lsangiz ham yuzingizni u tomon buring. Albatta, kitob berilganlar uning Robblaridan bo‘lgan haq ekanini bilurlar. Va Alloh ularning qilayotgan amallaridan g‘ofil emasdir. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
7 May 2022, 21:01 | Savol-javoblar | 189 | Namoz