Begona ayollar bilan gaplashsa taloq
Assalomu alaykum! Men ushbu sayt orqali hayotim mobaynida vujudga kelayotgan savollarga javob oldim. Ammo yana bir savol meni ikkilantirmoqda. Erimni boshqa bir ayol bilan telegram messenjer orqali yozishib gaplashib yurishlarini bilib qoldim va javobimni ber va o‘sha ayol bilan yasha dedim chunki u ayolni ham oiladi bor va erimda 20 yosh katta. Erim yo‘q deb turib oldi. Yashamasligimni va talog‘imni bering dedim erim esa agar yana bir marta sms yozsam yoki gaplashsam o‘shasan dedi. Men nima deb aniqlashtirdim u taloq deb javob berdi. Oradan 3 oy o‘tdi o‘tgan hafta bilib qoldim gaplashib yurishganini. Xonamni alohida qildim, yaqinlashishiga va qo‘l tekazishga izn bermadim, oramizga taloq tushganmi? Erimdan ko‘nglim qolgan, yashash niyatim yo‘q. Shu boisdan u bilan ajrashishga haqim bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloqni biror shartga bog‘lasa va o‘sha shart topilsa, oraga taloq tushib qoladi. Sizlarga ham gaplashganida taloq tushib qolgan. Oralaringizda bir taloq tushgan, agar yashashga rozi bo‘lsangiz, yashasangiz bo‘ladi. Bunda agar iddangiz chiqmagan bo‘lsa nikoh shart emas, eringiz qaytib oldim desa bo‘ldi. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 21:12 | Savol-javoblar | 177 | Oila va turmush