Hamma amallarimiz nuqsonli
Assalomu alaykum! Faecbook dan olingan post: Ey millat! Alloh musibatingizni aritsin! Jaholatdan shikoyat qilasiz, tamakiga ishlatganingizning yarmini ham ta’limga sarflamaysiz. Hokimlardan noliysiz, ular ham o‘zingizdan bo‘lganlari holda islohlarini istamaysiz. Faqirlikdan bezgansiz, uning dangasalikdan boshqa sababi yo‘q. Bir biringizni alday turib qanday o‘nglanishdan umid etasiz? Eng nochor tirikchiligingizni ojizlikdan, qanoat ataysiz. Ishlaringizga bosh qotirmay, osongina, tavakkal deb qo‘yasiz. Yo‘l-yo‘riqni bilmaslikni Allohning qazosi bilan niqoblaysiz. Ko‘rguliklar orini qadarga to‘nkab, o‘zingizdan quvasiz. Lek vallohki, ishingiz bashar ishi emas! Abdurrahmon Kavokibiy
Savolim:
Bu ishning muolajasi qanday bo‘ladi? Nafsimizni ko‘ra olmay, ayblarimizga shariatdan dalil topib niqoblashga urinamiz. Eng yomon tomoni buni o‘zimiz bilmaymiz. Shayton ishimizni o‘zimizga chiroyli qilib ko‘rsatadi. Amallarimiz, ishlarimiz va rejalarimiz ilmiy asosga ega emas, hammasi nuqsonli. Amallarimizdagi nuqson ba’zida aqiydaviy bo‘lsa, ba’zida fiqhiy bo‘ladi, yoki o‘sha amallarni qilishdagi ixlosimiz ruhiy kasalliklar bilan kasallangan bo‘ladi. Ba’zida fiqhiy jixatdan ilmiy asosda amali solix qilamiz, lekin o‘sha ishimiz riyo suvi bilan sug‘orilgan bo‘ladi. Ixlos bilan qilgan amalimizda esa fiqhda yoki aqiydada kamchilikka yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shuning uchun ilm o‘rganish va yana ilm o‘rganish va yana ilm o‘rganish va bilganlarimizga amal qilishimiz kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 01:46 | Savol-javoblar | 163 | Ruhiy tarbiya