Namozdan keyingi tasbeh hadisi
Assalomu alaykum! Ustoz shu saxix hadismi? Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ikki xislat bor. Kim unga amal qilsa, albatta jannatga kiradi. Ikkisi oson, ammo unga amal qiladigan ozdir. Birinchisi, har bir namozdan so‘ng 10 marta tasbeh (Subhanalloh) aytadi, 10 marta Allohga hamd (Alhamdulillah) aytadi va 10 marta takbir (Allohu akbar) aytadi. Bir kunda 150 ta, tarozida esa 1500 ta bo‘ladi. Ikkinchisi, qachon uxlashga yotsa, 34 marta takbir (Allohu akbar), 33 marta hamd (Alhamdulillah) va 33 marta tasbeh (Subhanalloh) aytadi. Jami 100 ta, tarozida 1000 ta bo‘ladi”, dedilar. Shunda sahobalar roziyallohu anhum: “Yo Allohning Rasuli! Nega oson bo‘lgan bu amallarga amal qiladiganlar oz?” deb so‘rashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bu amalni qilmoqchi bo‘lganning oldiga shayton namozda kelib, uni aytishidan oldin hojatini esiga soladi. Uyquga yotganida esa, uni aytishidan oldin uxlatib qo‘yadi”, deb javob berdilar (Imom Termiziy, Imom Nasoiy rivoyati).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha, amal qilinadigan hadis. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 21:34 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha, amal qilinadigan hadis. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 21:34 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar