Nega musulmonlar rivojlanmayapti?

Assalomu alaykum! Ustozlar menga yordamingiz kerak biz meditsina universitetida o‘qiydigan bolalarmiz, bu savol uchun meni kechiringlar men islom diniga tushunaman va amal qilaman, lekin bir do‘stim menga bir savolni qayta qayta beryapti javob bera olmayapman, juda qattiq turyapti, agar shu savolimga o‘sha siz savol beradigan odamlardan to‘liq javob olsam namozni ham boshlayman deb qattiq turib olyapti. U menga Mana siz namoz o‘qiydigan bolasiz lekin men chet ellik bir tanishimni olib kelaman siz bilan tengdosh lekin sizdan ko‘ra dunyoviy ilimlarni juda zo‘r biladi sportni ham sizdan ko‘ra yaxshi biladi nega u har tomonlama kuchli lekin siz namoz o‘qiysiz lekin ularchalik kuchli emassiz? Nega Evropa Amerika har tomonlama kuchayib ketyapti islom davlatlari ulardan orqada? Misol uchun Arabistonda ham qancha musulmonlar bo‘lsa ham xristian, hudosiz amerikaliklardan texnikasi orqada? Nega dini umuman boshqa bo‘lsa ham Xitoyliklar oddiy uy ishlariga ham texnikalar ixtirolar qilyapti nega biz unday qila olmayapmiz biz ham islom dinidagi davlatmiz? Axir bu islom dini ham dunyoviy ham oxirat ilmini oldinga qo‘yganku nega rivojlanmayapti? Nega? Bu savollar hammasi do‘stimni nomidan, do‘stimni islomdan tushunchasi yaxshi emas, iltimos tushunarli qilib javob bersangizlar. Oldindan katta rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uch ofitser urush vaqtida Gitlerga itoat qilmagan. Jazolash tariqasida ularni bir xonaga qamab ularga zaharli gaz kiritishini aytgan. Keyin ularga gazli bo‘lmagan oddiy tutunni kiritilgan. Ikkisi 6 soat biri 10 soat vaqtda o‘lgan. Ularni o‘ldirgan narsa tutun emasligi yuzga yuz aniq, chunki u gaz bo‘lmagan. Ularni Gitlerni “zaharli xonaga qamab ularga gaz kiriting” degan xabar, informatsiya o‘ldirgan. Hozirgi kunda ham axborot vositalari orqali shu kabi xabarlar tarqatiladi. Aslida esa ularni tag tugi bo‘lmaydi. Hatto shu kabi buzuq xabarlarni dinimizga tegishli kitoblarga ham kiritib yuborgan. Oddiy misol butun dunyoga inson salomat bo‘lishi uchun 8 soatdan kam uxlamaslik kerak degan xabar tarqatilgan. Hatto bu xabarni tarqatgan kishini bu borada proffesor va boshqa unvonlari ham bor. Aslida esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan beri u zotning sahobalari ham u zotdan keyingi butun omma xalq 8 soat uxlashni g‘aflat, insonni befarosatlikka olib boruvchi omil deb bilgan. Chunki bir inson 60 yil umr ko‘rsa chaqaloqligi uyqu bilan o‘tadi. Yana bir yoshga etguncha qanchadir ko‘proq vaqtini uxlashga sarflaydi. Shularni ham chiqarib yuborganda 60ga kirgan odam 20 yilini faqat uyquga sarflagan bo‘lib chiqadi. Ummati Muhammadiyada 60 yil umr ko‘radigan odam umrini 20 yilini faqat uyquga sarflashi hech qachon oqlanadigan ish emas. Bu ummat azaldan olimidan tortib omisigacha uyquni eng qaymog‘ini uxlab hamma uxlaydigan vaqtda ibodatga sarflagan ummat hisoblanadi. Hatto “Ihyog‘ Ulumuddin” kabi kitoblarimizga ham 8 soatdan kam uxlamaslik kerak degan gap keltiriladi. Bu ham kimlardir tomondan kiritilgan gapdir. Yana oddiy bir misol hamma joyda insonning kallasi 15 minut ishlaydi, undan keyin umuman ma’lumot qabul qilmaydi deb jar solishadi. Bu ham insonlarni ilmdan qaytarib ahmoq qilish hisoblanadi. Chunki olti yuz va bir milionlab hadislarni yodlagan insonlar 15 minutdan keyin aqli olmasa shuncha hadisni yodlagan bo‘larmidi. Shunchalar kitoblarni yozgan bo‘larmidi. Bundan tashqari falon millat vakillari juda dono, har tomonlama etuk, oldinda, musulmonlar qoloq kabi yolg‘on axborotlar ham yillar davomida takrorlanavergach o‘zini ziyoliman deb bilgan universitet talabalari, hatto o‘qituvchilari ham o‘zini qoloqman deydigan tushunchaga olib kelib qo‘ydi. 8 soatini uyquga yana 8 soatini eb ichish va tahoratxonaga qolgan 8 soatni ham bema’ni ishlarga sarflaydigan qilib qo‘ydi. Musulmonlarda orqada qolish ko‘zga tashlanayotgan bo‘lsa bu dinimizdan uzoq, kechalarimiz tahajjuddan holi, kunimiz Qur’on tilovatidan holi, ko‘proq vaqtimiz uxlashu, bir kunda bir necha bor tualetga qatnashu, kallam olishdan to‘xtadi deb bema’ni narsalarga mashg‘ul bo‘lishga o‘tib qoldi. Bunda siz kabi o‘zini ziyoliman deganlarda katta xato bor. Chunki azaldan bizning rahnamolarimiz 40 yil xuftonning tahorati bilan bamdodni o‘qigan. Bir kechada 400 rak’atgacha namoz o‘qigan, bobolarimiz boyligini eb-ichish, bema’ni o‘yin kulguga sarflash o‘rniga o‘zini tarozini bir tomoniga qo‘yib, narigi tomoniga o‘zining vaznicha kimdir oltinni, kimdir kumushni qo‘yib “Robbim men o‘zimni Sendan sotib olaman” deb infoq qilgan. Siz kabi ziyolilar biror bolachani maqtamoqchi bo‘lishsa nechtadir bir so‘z yodlagan bolani o‘rnak qilib ko‘rsatasiz. Bu yoqda oddiy bir dehqonni farzandi 5 6 yoshda qori bo‘lib, 300 varoq Qur’onni yodlab qo‘yganini ko‘rmaysiz ham. Pulim bor degan boyimiz qaysidir bir ahmoq o‘zini reklama qilib kelgusida ham senlar ahmoq bo‘lishib shunday to‘ylar qilgin, biz borib bor pulingni yig‘ishtirib kelaylik deb bema’ni bir to‘y qilsa o‘shanga ergashishni xohlab tursak. Ular ham o‘ylaganidan ham orttirib bir soat borib hangrab odamlarni 10 15 yillab to‘plaganini yig‘ishtirib ketaversa. Sizlar ham tortishishni o‘rniga odamlarga nima to‘g‘ri nima noto‘g‘ri xabar ekanligini aniqlashga harakat qilib etkazishga harakat qilinglar. Ammo oddiy shu bir haqiqatni haligacha tushunmagan bo‘lsangizlar sizlardan nimani kutish kerak ekan bilmadik. Siz kabi o‘zi ziyoli bo‘lib odam maymundan yaralgan desa ishonib yurganlar qancha. Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 19:44 | Savol-javoblar | 94 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar