Yoshlik vaqtim

Assalomu alaykum! Uyda o‘zim yolg‘iz peshin, shom, xufton namozlariga azon chaqirganimda shu azon bilan qolib ketgan qazo namozlarni ham o‘qisa bo‘ladimi yoki qazo namoziga alohida azon chaqirish kerakmi? 2. Onam namoz o‘qimaydila, lekin man 5 mahal namoz o‘qiyman va mani ko‘nglimni og‘ritganing uchun o‘qigan namozlaring qabul bo‘maydi o‘qimay qo‘yaver deb aytalla. Onamni ko‘ngillarini og‘ritganim uchun namozlarim qabul bo‘lmayaptimi? 3. Yoshlikda g‘usl qiladigan payt bo‘lib qolganda g‘usl qilmay o‘qigan namozlarimni qayta qazosini o‘qiymanmi? Chunki g‘usl qilish kerakligini bilmagan edim 16-17 yoshlik paytimda. G‘usl qilish kerak bo‘lib qolganda qilmaganimi tushunib endi bildim. Qazosini o‘qiymanmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Mahalladagi masjidning azoni eshtilasa o‘sha kifoya qiladi. Alohida azon takbir aytsangiz afzal. 2). Namozingizga aloqasi yo‘q. Ko‘ngillarini og‘ritmang. 3). Qaytadan o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 21:34 | Savol-javoblar | 145 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar