Namoz 3 rakat o‘qilsa

Assalomu alaykum! Farz namozlari imomga iqtido qilib o‘qiladi. Lekin asr namozini imom 4 rakat o‘qimay, 3 rakat farz o‘qib adashib ketsa imomga ergashganlar qanday yo‘l tutishi kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Subhaanalloh deb ogohlantirishlari kerak. Mabodo uch rak’at o‘qib salom berib qo‘yilsa imom bilan qayta o‘qishlari shart. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 21:34 | Savol-javoblar | 180 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar