Forex forumlarida xabar yozib pul topish mumkinmi?

Yaqinda internet saytlarinig birida forex-forumlarda har bir qoldirilgan xabar uchun, agar haqiqatdan ham qoldirilgan xabar forex olamiga tegishli bo‘lsa aniq miqdorda, qoldirilgan xabar egasiga sovga tariqasida pul mukofoti berilar ekan deb o‘qib qoldim. Agar men ham shu turdagi aksiyalarda qatnashib, forex haqida u yoki bu bilgan narsalarimni yozib mukofotlar olsam bo‘ladimi? Yozgan xabarlarimda masalan:"Dollarning narxi yevroga nisbatan 1. 30 dan pastga tushishi qiyin chunki o‘tgan safar aynan narx 1. 31 ga tushganda bozorda dollarni oluvchi xaridor qolmagan edi va shu sababdan narx qaytadan ko‘tarilib ketgan edi. Bu safar ham shunday bo‘lish ehtimoli bor. " degan ma’noda xabar qoldirsam folbinlikka kirmaydimi?  
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
 - Bu ishni qilish kerak emas.

26 May 2022, 23:50 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar