Homiladorlikda uch taloq

Assalomu alaykum! 2 oylik homiladorlik vaqtimda turmush o‘rtog‘im 3 taloqsan deb bir marta aytgandi. Xozirgi vaqtda 7 oylik xomiladorman. Endi yarashmoqchilar, bizi vaziyatda qanday yo‘l tutish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birga yashashga yo‘l yo‘q. Homila tug‘ilgach iddangiz chiqadi. عن مجاهد قال: (كنت عند ابن عبَّاس، فجاءه رجل، فقال: إنَّه طلَّق امرأته ثلاثًا، فسكت حتى ظننت أنَّه سيردُّها إليه، فقال: ينطلق أحدكم فيركب الأُحْمُوقة  (1) ، ثمَّ يقول: يا ابن عبَّاس! يا ابن عبَّاس، إنَّ الله قال: وَمَن يَتَّقِ اللَّهَ يَجْعَل لَّهُ مَخْرَجًا [الطلاق: 2]، وإنَّك لم تتَّق الله، فلا أجد لك مخرجًا، عصيت ربَّك، وبانت منك امرأتك) Mujohid rahmatullohi alayhdan rivoyat qilinadi: “Ibn Abbosning xuzurida edim, bir kishi kelib, xotinini uch taloq qo‘yganini aytdi. Shunda ibn Abbos sukut qilib qoldi. Men “Ibn Abbos uning xotinini o‘ziga qaytarib bersa kerak” deb o‘ylab qoldim. Ibn Abbos: “Biringiz ahmoqlikka qo‘l uradi, so‘ng: “Ey Ibn Abbos, Ey Ibn Abbos” deyishga tushadi. Alloh taolo (“Taloq” surasi 2-oyatida) “Kim Allohga taqvo qilsa, uning yo‘lini ochib qo‘yadir” degan. Sen Allohga taqvo qilmabsanda. Robbinga osiy bo‘libsan va ayoling sendan boin taloq bo‘libdi” dedilar”. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 22:07 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar