Numerologiya to‘g‘rimi?
Assalomu alaykum! Sizlardan «numerologiya» haqida ya’ni: Internetda tarqalgan Insonni tug‘ilgan yili sanasidan kelib chiqib uni xarakteri xaqida malumot beradigan bunday narsalar xaqila Islom dini hukmi xaqida so‘ramoqchi edim. Bu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu safsata. Odamlar avval eshitmagan narsalarini eshitishsa orqasidan yugurib ketaveradilar. Har bir narsada oyat va hadislarga suyanishimiz kerak. Odamlarni sifatlari, xarakterlarini bilishda burjlari, tug‘ilgan sanalari, kunlariga suyanish yuzga-yuz yolg‘on. Masalan Yunonliklar va Misr arablari ikkinchi burj nomini savr(ho‘kiz) deb nomlashgan va o‘sha burj ostida tug‘iluvchilarni xulqida ho‘kizning xarakterlari bo‘ladi deyishgan. Xitoyliklar esa ikkinchi burj nomini mushuk deb nomlashib, o‘sha burj ostida tug‘iluvchilarni xulqida mushukning xarakterlari bo‘ladi deyishgan. Bir vaqtning o‘zida bir burjning nomi kimlarning nazdida boshqa, boshqalarning nazdida yana boshqa bo‘lgani uchun unda tug‘ilganlarning sifati ham yuzga-yuz boshqa bo‘lishini aytishadi. Biri boshqasini kazzob desa uni bunisini kazzob deydi. Holbuki ikkisining gap ham biror oyat yoki hadisniku qo‘ya turing, birorta ilmiy haqiqatga ham suyanmagan. Qolaversa bir kunda dunyo bo‘yicha yuz minlab odam tug‘iladi. Lekin birortasini xarakteri boshqasinikiga o‘xshamaydi. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 06:24 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar