Payg‘ambarimizga muhabbatni xis qilish xaqida

Assalomu alaykum! Meni anchadan beri vasvasa xaqida savollar qiynab yurardi, lekin bugun yagona parvardigoro olam Alloh taolo ko‘nglimga solib telegramm kanal orqali bu erga kirib qoldim va aynan vasvasa xaqidagi maruzalarni o‘qidim. Allohga ming shukur bo‘lsin. Lekin menda keyingi savolim bor edi men negadir payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan xaqiqiy muxabatni topa olmayapman. Men bunday yurishni xecham xoxlamayman albatta men xam u zotning nomlarini tilga olganimda xaqiqiy muxabat ila tilga olishni istayman. Shu borada menga nima deya olasilar va kanday maslaxatlar bera olasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Muhabbat u ixtiyoriy emas. Ammo uni xosil qilish ishlari ixtiyorli. Ummatning hakimi deb nom olgan Ashraf Ali Tahonaviy rahmatullohi alayh muhabbatni hosil qilish uchun quyidagi oyatni misol qilganlar.  قُلْ إِن كُنتُمْ تُحِبُّونَ اللّهَ فَاتَّبِعُونِي يُحْبِبْكُمُ اللّهُ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ وَاللّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ۝  31. «Agar Allohni sevsangiz, bas, menga ergashing, Alloh sizni sevadir va sizlarning gunohlaringizni mag‘firat qiladir. Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir», – deb ayt. (Oli Imron surasi).
Buning uchun siz bilan bizdan 10ta narsaga amal qilish kerak bo‘ladi.
1). Din ilmini o‘rganish.
2). Zohirda ham botinda ham himmat qilib, shariatga amal qilish.
3). Odatda inson nafsini qiynaydi, lekin muhabbatni hosil qilishda. Rohat tarafini tanlash kerak. shariatga zid bo‘lgan ishlarga qo‘l urmasdan engillik tarafini tanlash kerak. eb ichishda ham biroz shukur qiladigan tarafini olish kerak.
4). Alloh taoloni barcha ahkomlariga to‘liq amal qilish kerak. shunda Alloh taoloning muhabbati ziyoda bo‘ladi. chunki siz o‘z farzandingizga biror ish buyursangiz u xo‘p bo‘ladi deb bajarsa beixtiyor unga muhabbatingiz ziyoda bo‘ladi.
5). Solih amallarni “shoyad shuni qilsam Robbimga muhabbatim ziyoda bo‘lsa va istiqomat menda ham bardavom bo‘lsa” degan niyatda qilish kerak. Bu ham xuddi “Shu ishni qilsam dadam xursand bo‘ladida, bir dadamni xursand qilay” degani kabidir.
6). Biroz muddat biror shayxning huzurida “Alloh, Alloh” deb vazifa bajarish kerak.
7). Alloh taoloni yaxshi ko‘ruvchi solih bandalar suhbatlarida bo‘lib turish kerak. Bu juda zarur. Yoniga borish imkoni bo‘lmasa xat orqali bo‘lsada aloqada bo‘lib turish kerak. Bu ham ikki uch do‘stingiz mashina haqida gapiraversa sizni ham mashina olishga qiziqib qolishingizga o‘xshab Alloh taolo to‘g‘risida gapiraversalar sizda ham shunaqa muhabbat paydo bo‘ladi.
8). Yolg‘iz qolganda Alloh taoloning ne’matlarini fikrlab mo‘min qilib qo‘ygani qanchalik ulug‘ ne’mat a, iymon bilan o‘tsam oxiratda abadiy jannat a deb fikr qilib turish kerak.
9). Alloh taolo muhabbatini ato qlishini duo qilish kerak. quyidagi duoni o‘qib yurish kerak. اللهم إني أسألك حبك وحب من يحبك وحب عمل يقربني إلى حبك ، اللهم ما رزقتني مما احب فأجعله قوة لي فيما تحب ، وما زويت عني مما أحب فأجعله فراغاً لي فيما تحب ، اللهم اجعل حبك أحبّ إليّ من أهلي ومالي ومن الماء البارد على الظمأ ، اللهم حببني إلى ملائكتك وانبيائك ورسلك وعبادك الصالحين ، اللهم اجعلني أحبك بقلبي كله وأرضيك بجهدي كله ، اللهم اجعل حبي كله لك ، وسعيي كله من مرضاتك 10). Doimo “Robbim meni nihoyatda yaxshi ko‘radi” deb muroqaba qilish kerak. mabodo biror bir musibat yoki g‘am anduh bo‘lsa ham “Buni ostida men uchun yaxshilik bor, ortida bir hikmat bor” deb muroqaba qilish kerak. Allohning muhabbatini hosil qilish uchun yuqorida aytilgan narsani biroz sharhlasak avvalo Allohga bog‘lanish sabablarini muhayyo qilish kerak bo‘ladi. Masalan ko‘proq Allohni esga olish, tabiatan Allohga oshiq bo‘lgan kishilar bo‘lsa ularni suhbatiga borish yoki Allohning muhabatini topgan avvalda o‘tgan solihlarni hikoyalarini topib o‘qish. Shu bilan birga ro‘za ham tutib turish kerak. Bular Allohni muhabbatini tortadigan sabablar hisoblanadi. Inson o‘shanday muhabbatni tortadigan ishlarni qilaversa va himmat bilan bardavom bo‘lib tursa albatta Allohning muhabbatiga erishadi deganlar. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 22:30 | Savol-javoblar | 150 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar